Yosh tadqiqotchilar I yoshlar forumi

Yosh tadqiqotchilar I yoshlar forumi

Joriy yilning 11-13 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022 yil 28 yanvar, PF-60-sonli farmoning 70-maqsad: Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bandida ”Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri, barcha tuman va shaharlarda “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida yoshlar festivallari va forumlarini tashkil etish”, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodiy imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsad qilingan. "YOSH TADQIQOTCHILAR I YOSHLAR FORUMI" bo`lib o`tdi. photo_5409208987020284047_y_1700908666.jpg

Forum Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi Qashqadaryo viloyati Boshqarmasi, Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Madaniyat vazirligi va Rivojlanish va tadqiqotlar akademiyasi hamkorligida tashkil etildi.

Forumdan ko`zlangan asosiy maqsad yoshlarning ijtimoiy-siyosiy bilim va ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, Konstitutsiyasini targ’ib etish, kuchli tajribaga ega bo‘lgan hamda jahon miqyosida ham o‘zini ko‘rsata oladigan yuksak ma’naviyatli yoshlar sonini ko‘paytirish, yoshlarini birdamlikga chorlash ularga keng imkonyatlar yaratilganligini ko`rsatish, yil nomidan kelib chiqan xolatda yosh tadqiqotchi yoshlarni bir joyga jamlab takliflarini o`rganib ular asosida kelajakda boshqa tadqiqot ishlarini o`tkazish ko`zda tutilgan.

photo_5409208987020284046_y_1700908874.jpg

Forum doirasida Respublikaning barcha viloyatlaridan qariyib 150 nafar yosh tadqiqotchi yoshlar bir forumga jamlanishdi. Forum davomida davra suhbatlari va gulxan atrofida suhbatlar tashkil etildi.